SHAXSIY MA'LUMOTLAR

Hisobni o'chirish

Siz istalgan vaqtda QalamX'dagi hisobingizni veb-sayt yoki mobil ilova orqali o'zingiz o'chirishingiz mumkin. Amal darhol bajariladi va orqaga qaytarib bo'lmaydi.

Nima o'chiriladi

  • Ism-familiyangiz, telefon raqamingiz, elektron pochtangiz va profil rasmingiz.
  • Google va Telegram bog'lamalaringiz hamda parolingiz.
  • Barcha tashkilotlardagi faol a'zoliklaringiz va ota-ona bog'lamalari.
  • Barcha faol kirish tokenlari darhol yaroqsiz holga keladi.

Nima saqlanib qoladi

Tashkilotlar va imtihonlar statistikasini buzmaslik uchun oldin topshirilgan test natijalari shaxsingizdan ajratilgan (anonim — «O'chirilgan foydalanuvchi») holda saqlanib qoladi. Qonunchilik talab qilgan to'lov yozuvlari ham shaxsiy identifikatorlarsiz hisobda turadi.

Qanday o'chirish mumkin

  1. Mobil ilovada: ilovani oching → Profil bo'limi → pastdagi «Hisobni o'chirish» tugmasini bosing va tasdiqlang.
  2. Veb-saytda: hisobingizga kiring va quyidagi tugma (yoki Kabinetdagi «Hisobni o'chirish» bo'limi) orqali tasdiqlang.